» » Top Oil “Angren” EIZda yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqaradi

Top Oil “Angren” EIZda yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqaradi


Toshkent viloyatining erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan “‘Angren’ EIZ hududida yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish” investitsiya loyihasi ma’qullandi, deb yozadi UzReport.

Loyihaga Singapurning Organic Plus PTE Ltd. va Sidas Global PTE Ltd. kompaniyalari investorlik qilmoqda. Loyiha qiymati 10,7 million dollarga, korxonaning yillik loyihaviy quvvati — 134,3 ming tonna yog‘-moy mahsulotiga teng (kombinatsiyalangan yog‘, margarin, o‘simlik yog‘i va qandolat yog‘i).

6-mart kuni “Angren” EIZ direksiyasi tomonidan Top Oil MChJ QKga “Angren” EIZ ishtirokchisi guvohnomasi berildi, u ishtirokchi korxonalarga bojxona va soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini beradi. Korxonada Angren shahar aholisi uchun 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxonaning ishga tushirilish muddati — 2018-yil uchinchi choragi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют