WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Mel Gibsonning tahdidlari asal sotuvchi ayolni mashhur qildi
Mel Gibsonning tahdidlari asal sotuvchi ayolni mashhur qildi
Chilida yashovchi ayol aktyor Mel Gibsonning tahdididan keyin mashhur bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Chililik o‘qituvchi ayol farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalaydi. Karantin paytida ayol ro‘zg‘or tebratish uchun asal sota boshlagan. Noma’lum sabablarga ko‘ra ayol o‘z mahsuloti yorlig‘iga Mel Gibsonning suratini tushirgan.
Aktyorning advokati ayolga qo‘ng‘iroq qilib, qutidagi yorliqni o‘zgartirishni, aks holda sudga da’vo bilan tahdid qiladi.
Ayol ushbu holat haqida ijtimoiy tarmoqda so‘zlab berdi va mashhur bo‘lib ketdi. U yorliq uchun yangi rasm yaratish bo‘yicha bepul takliflar oldi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?