» » Rassom 113 kun davomida uyi devorlariga rasm chizib, uni karantin kundaligiga aylantirdi (foto)

Rassom 113 kun davomida uyi devorlariga rasm chizib, uni karantin kundaligiga aylantirdi (foto)


Koronavirus pandemiyasi davrida barcha o‘zini turli xil usullar bilan izolyatsiyalashga o‘rgandi. Kimdir onlayn kursga yozildi, kimdir uyda mashg‘ulotlar orqali qomati ustida ishladi, yana kimdir taom pishirish bilan shug‘ullandi.

Rassom Viktoriya o‘zini ushbu qayg‘uli vaziyatdan boshqacha tarzda chalg‘itishga qaror qildi. ArtistVik taxallusi ostida ijod qiluvchi rassom o‘zini yakkalash jarayonida uy devorining biriga rasm chiza boshladi, natijada 113 kunlik izolatsiyada tayyor bo‘lgan suratlar uy qamog‘ining haqiqiy xronikasiga aylandi.

Aks etgan rasmlar kichik tasvirlar bo‘lib, ularning har biri ma’lum bir kunni anglatadi. Shundan so‘ng bu sevimli mashg‘ulot ajoyib badiiy loyihaga aylandi.

Rassomning so‘zlariga ko‘ra, devor o‘ziga xos ijodiy kundalikka aylangan. U devorga izolyatsiya paytida uni o‘rab turgan kundalik narsalar, fikrlar, dunyoning muhim yangiliklari va uy hayvonlarining suratini tushirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют