» » 2020-yilning eng yaxshi qushlar suratlari aniqlandi (foto)

2020-yilning eng yaxshi qushlar suratlari aniqlandi (foto)


Tashkilotchilar tomonidan Bird Photographer of the Year 2020 (“Yilning eng yaxshi qush suratkashi – 2020”) deb nomlangan tanlovda eng ajoyib tarzda olingan qushlarning fotosuratlari namoyish etildi va g‘oliblar taqdirlandi.

Quvaytlik fotograf Majid Al-Zaabi tojdor baklan qushlari aks etgan “Kunning botishi” portreti uchun Gran-pri sovrindori bo‘ldi.

Italiyalik Franchesko Filippo Pelleriniga “Iguasu sharsharasi ustidagi uzunqanotlar” surati “Tabiiy yashash joyidagi qushlar” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

Britaniyalik fotograf Jeyms Xadsonning “Mandarin abstraksiyasi” surati “Ijodiy obrazlar” nominatsiyasiga ko‘ra bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.

Chexiyalik Magdalena Strakovoyning fotosurati “Bog‘ va shahar qushlari” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.

Avstraliyalik Jorjine Steytler “Eng yaxshi portfolio” nominatsiyasida “Parvozda” surati bilan g‘olib bo‘ldi.

Niderlandiyalik fotograf Rulof Molenaar “Qushlarning harakati” nominatsiyasi bo‘yicha sovrindor deb topildi.

Tanlovning “Eng yaxshi oq-qora surat”i nemis fotografi Robert Sommerning “Bo‘sh raqam” asariga nasib etdi.

“Detallarga e’tibor” nominatsiyasi bo‘yicha isroillik fotosuratchi Moshe Koenaning “Mukammal yashirinish” surati g‘olib chiqdi.

Yana bir isroillik suratkash Gadi Shmila “Qushlar parvozda” nominatsiyasida uchib ketayotgan xudxud qushi tasvirlangan surati bilan yutuqqa ega bo‘ldi.

“Ilhomlantiruvchi uchrashuv” nominatsiyasi bo‘yicha muallif Geyl Bissonning “Uyga qaytish” surati eng yaxshi ish deb topildi.

17 yashar britaniyalik Adam Leyk Devonshirdagi ko‘l oqqushi muhrlangan surati bilan “Yilning eng yosh fotosuratchisi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют