» » O‘zbekistonda mitinglar to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati Belarusdagi voqealardan so‘ng vujudga kelgani haqidagi fikrlar rad etildi

O‘zbekistonda mitinglar to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati Belarusdagi voqealardan so‘ng vujudga kelgani haqidagi fikrlar rad etildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokama uchun qo‘yilgan “Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

Bayonotda qayd etilishicha, qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad fuqarolarning o‘z ijtimoiy faolliklarini miting, yig‘ilish va namoyishlar ko‘rinishida amalga oshirishga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, ularning ushbu sohadagi huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

IIV matbuot xizmati amaldagi qonunchiligida yig‘ilish, miting va namoyishlar tushunchalari, ularni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligini ta’kidlab o‘tgan.

“Mazkur huquqiy bo‘shliq hanuzgacha, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga imkon bermasdan kelmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Konstitutsiyaning 33-moddasi: Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

IIV Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti qoshidagi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 2019-yil 22-dekabrda mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlari bo‘yicha yakuniy hisobotidagi kamchilik sifatida ham respublikada fuqarolarning ijtimoiy faolliklarini tartibga soluvchi birorta normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi ko‘rsatilganini eslatib o‘tgan.

Vazirlik qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandan so‘ng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining, ushbu qonunni qabul qilish zarurati Belarus o‘tkazilayotgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng vujudga kelganligi to‘g‘risidagi fikrlarni rad etdi. Eslatib o‘tamiz, mitinglar to‘g‘risidagi qonunning birinchi loyihasi o‘tgan yil iyun oyida muhokama uchun taqdim etilgan edi.

Mavzuga doir: Adliya vazirligi IIV tomonidan tayyorlangan mitinglar va namoyishlari to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha xulosalarini bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют