» » Mashhurlik olib kelgan rolini yoqtirmaydigan aktyorlar

Mashhurlik olib kelgan rolini yoqtirmaydigan aktyorlar


Shou-biznes vakillar muvaffaqiyatli karyerani istaydi. Ayrim yulduzlar esa filmdagi ijrosi omad olib kelgan bolsa ham osha rolini yoqtirmaydi. Buning sababi nimada? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Xolli Berri Mushuk ayol

Rejissor Pitof mushuk ayol haqida film suratga olmoqchi bolganda hech kim ushbu rolni Xollichalik qoyillatmaydi deb oylagan. Ushbu loyihada ishtiroki aktrisani erining xiyonatidan yuzaga kelgan depressiyadan qutulishiga yordam bergan. Ammo bu vaqtda Xolli Mushuk ayol karyerasidagi eng yomon ijro bolishini bilmagan. Kinolenta Oltin malina taqdirlash marosimiga nomzod bolgan, aktrisa bolsa Eng yomon ayol ijro nominatsiya boyicha mukofot qolga kiritgan. U taqdirlash marosimiga Oskar statuetkasi bilan birga tashrif buyurgan va mazkur loyiha karyerasini barbod qilishini kutmaganini takidlagan.

Robert Pattinson Sumerki

Sumerki filmidagi ijrosidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor aynan shu filmdagi ijrosini eng kop yomon korishi kimni xayoliga kelibdi deysiz? Malumotlarga kora Robert ssenariy va uning muallifi Stefani Mayer hamda oz qahramoni Edvard Kallendan kongli tolmagan. Aktyorning aytishiga qaraganda, ssenariyda Edvard obrazi har tomonlama mukammal qilib tasvirlangan va Robert bunday mukammal bola olmagan. Shu sabab ham u ssenariyni oqish davomida qahramonini koproq yomon korgan. Aktyor qanday fikrda bolmasin bir narsa aniq, aynan ushbu filmdagi roli unga mashhurlikka olib kelgan. Bundan tashqari u birinchi sevgisini ham aynan ushbu filmning suratga olish maydonchasida uchratgan.

Megan Foks Transformer

Rejissor Maykl Beyning taklifiga binoan Megan Foks Transformerda rol ijro qilishi malum bolganda kopchilik uni bunday muhim ishni eplay olishiga ishonmagan. Lekin Megan rolini mahorat bilan ijro qilishga muvaffaq bolgan va loyihaning yuziga aylangan. Ammo uchinchi qismni suratga olinishi arafasida Megan film haqida salbiy fikr bildirib, rejissorni Gitler bilan qiyoslagan. Shundan keyin prodyusser Stiven Spilberg uni loyihadan chiqarilishini talab qilgan.

Keyt Uinslet Titanik

Jahon kinosanoatining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri Titanikdagi ijrosidan Keyt Uinsletning kongli tolmasligiga ishonish qiyin. Aktrisa muxlislaridan qahramoni Rouz haqida eslatmasliklarini soraydi va filmdagi roli suratiga dastxat qoyishdan bosh tortadi. Bundan tashqari u filmdagi oxshamagan amerikancha aksenti bilan sozlashgani sabab Titanikni tomosha qilishni ham istamaydi. My heart will go on saundtreki yangrashi bilan esa titrab ketadi.

Shon Konneri Jeyms Bond

Ushbu filmdagi ijro sabab Shon jahonda mashhurlikka erishgan va muxlislari yodida agent 007 bolib qolgan. Lekin aktyorning oziga ushbu rol yoqmagan. Men lanati Jeyms Bondni doim yomon korganman. Uni oldirishni istagan bolardim, degan Shon.

Jessika Alba Fantastik tortlik

Ushbu filmdagi ijrosi sabab nafaqat loyihadagi ishtirokidan hafsalasi pir bolgan, balki tanlagan kasbidan ham shubhalangan. Uning aytishiga qaraganda film rejissori Jessika qanday bajarish mumkinligini bilmagan korsatmalarni bergan. Masalan, Jessikaning tabiiy yiglashi yoqmagan va undan chiroyliroq koz yosh tokishini soragan.

Deniel Redkliff Garri Potter va tilsim shahzodasi

Garri PotterniDenielsiz tasavvur qilib bolmaydi. Aktyorning ozi esa oltinchi qismdagi ijrosidan uyaladi va unda ozini juda ham yomon ijro qilgan deb hisoblaydi. Eng yaxshi ijrosini esa filmning beshinchi qismi deb biladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (21-08-2020, 21:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
:
-
:
20 ... -