» » Omsklik shifokorlar Aleksey Navalniyning Germaniyaga olib ketilishiga ruxsat berdi

Omsklik shifokorlar Aleksey Navalniyning Germaniyaga olib ketilishiga ruxsat berdi


Aleksey Navalniy davolanayotgan Omsk shahridagi tez yordam shifoxonasi shifokorlari uni davolash uchun Germaniyaga jo‘natishga ruxsat berdi. Bu haqda Meduza xabar qildi.

Qaror siyosatchining rafiqasi ham ishtirok etgan konsiliumda qabul qilingan. Xabar qilinishicha, Navalniy Omskni bir necha soat ichida tark etadi.

Omskdagi shifoxona bosh shifokorining o‘rinbosari Anatoliy Kalinichenkoning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar “zaharlanish taxshisini qat’iy istisno qilgan”.

“Bizning tashxisimiz asoratlar bilan birga Navalniyning holatini tushuntiradi. Aniqlangan qandaydir preparat haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Bizda bunday hujjat yo‘q. Peshobda va qonda aniqlanmagan. Klinik belgilar bu modda bilan zaharlanishga mos kelmaydi”, — deya ta’kidlagan shifokor.

Shifoxona bosh shifokori Aleksandr Muraxovskiyning ma’lum qilishicha, Navalniyning qoni va peshobida uning qo‘lida va kiyimida topilgan kimyoviy birikmaning izlari aniqlanmagan.

Osmklik shifokorlar 21-avgust, juma kuni ertalab Navalniyni holat barqaror bo‘lmagani uchun Germaniyaga jo‘natishga rozilik bermagan. Germaniyada Berlindagi Charite klinikasi Navalniyni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

Cinema for Peace Foundation tashkiloti Navalniyni Germaniyaga olib ketish uchun samolyot jo‘natgan.

Navalniyning ahvoli 20-avgust, payshanba kuni Tomsk—Moskva reysida parvoz vaqtida yomonlashgan. Samolyot Omskka favqulodda qo‘ngan va siyosatchi tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan. U komaga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют