» » “Uning hayotini saqlab qolish bilan shug‘ullanyapmiz”. Omsklik shifokor Aleksey Navalniyning ahvoli haqida

“Uning hayotini saqlab qolish bilan shug‘ullanyapmiz”. Omsklik shifokor Aleksey Navalniyning ahvoli haqida


Aleksey Navalniy og‘ir ahvolda joylashtirilgan Omsk shahridagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasi bosh shifokori o‘rinbosari Anatoliy Kalinichenko siyosatchining ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi Meduza.

“Bemorning ahvoli barqaror, intensiv terapiya davom etmoqda. Kasallik tashxisi borasida oldinga siljidik. Qon, bosh miya, boshqa organ va tizimlar ishiga oid o‘nlab natijalarni olindi. Davolash ishlari davom etmoqda, yaxshiyamki bizda bu kabi bemorlarni davolashga ixtisoslashgan markaz bor. Shifokorlar nafaqat barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda, balki rostdan ham uning hayotini saqlab qolish bilan shug‘ullanyapti”, — deydi Kalinichenko.

Shu bilan birga, Kalinichenko Navalniyga qo‘yilgan tashxis yoki uning tahlil natijalari to‘g‘risida ma’lumot berishdan bosh tortgan.

Avvalroq rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning ahvoli Tomsk—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan reys vaqtida og‘irlashib qolgani va samolyot favqulodda Omskka qo‘ngani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmishning ma’lum qilishicha, Navalniy zaharlangan bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют