» » Bortida Aleksey Navalniy bo‘lgan samolyot Omskka favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Siyosatchi zaharlanish bilan reanimatsiyaga joylashtirilgan

Bortida Aleksey Navalniy bo‘lgan samolyot Omskka favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Siyosatchi zaharlanish bilan reanimatsiyaga joylashtirilgan


Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning ahvoli Tomsk—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan reys vaqtida og‘irlashib qoldi. Samolyot favqulodda Omskka qo‘ngan. Navalniy tez yordam mashinasida zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga olib ketilgan. Bu haqda uning matbuot kotibi Kira Yarmish o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Bugun ertalab Navalniy Tomskdan Moskvaga qaytayotgan edi. Parvoz vaqtida uning ahvoli og‘irlashdi. Samolyot Omskka favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Alekseyda toksik zaharlanish. Hozirda u bilan shifoxonaga ketyapmiz”, — deb yozadi Yarmish.

Keyinroq u siyosatchining choyiga nimadir qo‘shib zaharlashgan bo‘lishlari mumkinligini qo‘shimcha qilgan. “U ertalabdan beri faqatgina choy ichgandi. Shifokorlarning aytishicha, zahar issiq suyuqlik orqali tez so‘rilib ketgan. Hozirda Aleksey hushsiz yotibdi”, — deydi Yarmish. Ta’kidlanishicha, Navalniy reanimatsiyaga joylashtirilgan.

“Tayga.info” ma’lumotlariga ko‘ra, Navalniy bir necha kundan buyon Sibir viloyatlarida bo‘lgan. Avvaliga u Novosibirskka kelib, yangi surishtiruv ishlari uchun material to‘plagan, shuningdek, volontyorlar bilan uchrashgan. Shundan keyin siyosatchi Tomskka yo‘l olgan.

Aleksey Navalniy Rossiyadagi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi hisoblanadi. U Rossiya prezidentligiga nomzod, turli mitinglar uyushtirish va yuqori martabali amaldorlarning korrupsion faoliyatlarini yoritishga bag‘ishlangan materiallari bilan tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda siyosatchi Aleksey Navalniy asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovni halol bo‘lmagan yo‘llar bilan boyishda ayblab chiqqanidan so‘ng milliarder ikkita murojaatda unga qarshi o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan edi. Uning videomurojaatlari internetda mashhur bo‘lib, ko‘plab memlar va parodiyalarni keltirib chiqardi.

Mavzuga doir: Alisher Usmonovning matbuot xizmati Navalniyni “uch karra yolg‘onchilik”da aybladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют