» » Savdo-sanoat palatasidagi O‘zbekiston—Koreya biznes forumida Koreyaning 40 dan ortiq yetakchi kompaniyasi qatnashdi

Savdo-sanoat palatasidagi O‘zbekiston—Koreya biznes forumida Koreyaning 40 dan ortiq yetakchi kompaniyasi qatnashdi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Janubiy Koreya Savdo, sanoat va energetika vazirligi departamenti bosh direktori Kang Myong Su boshchiligidagi koreyalik ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes forum va kooperatsion birja o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda ikki mamlakatning savdo, sarmoya, neft-gaz, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mamlakatlar ulkan salohiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

Forumda Koreyaning qishloq xo‘jaligi, neft-gaz, gidroenergetika, qurilish, transport infratuzilmasiga ixtisoslashgan Tong Yang Moolsan, Hyundai Engineering Co., Woolim Hi-Tech, Win Housing kabi 40 dan ortiq yetakchi kompaniyasi vakillari qatnashdi.

Biznes forumda O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, neft-kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil sanoat, farmatsevtika kabi sohalardagi imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi. Janubiy Koreya ishbilarmonlari O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kafolatlari, erkin iqtisodiy zonalardagi katta qulaylik va imtiyozlar bilan tanishtirildi.

Ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etishga oid masalalar muhokama etildi.

Shu kuni O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Koreya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют