» » Toshkentda O‘zbekiston—Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston—Rossiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston bilan Rossiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston hamda Rossiyaning Moskva viloyatida farmatsevtika, oziq-ovqat va agrosanoat sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlari ishtirok etdi. Anjumanda O‘zbekiston bilan Rossiya ishbilarmonlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, savdolarni onlayn rejimida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish, ishbilarmon doiralarning ikki mamlakat ko‘rgazma va yarmarkalaridagi ishtirokini ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda talabgor bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shu kuni Savdo-sanoat palatasida Rossiyaning Lipetsk viloyati ishbilarmonlari bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlari o‘rtasida kooperatsiya birjasi tashkil etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют