» » Samarqandda 7,5 ming namozxonga mo‘ljallangan viloyatdagi eng katta masjid qurib bitkazildi

Samarqandda 7,5 ming namozxonga mo‘ljallangan viloyatdagi eng katta masjid qurib bitkazildi


Urgut tumanida Samarqand viloyatidagi eng katta masjid qurib, bitkazildi, deb xabar beradi “Azon.uz”. Mustaqillik bayrami arafasida ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Masjid xonaqohida bir paytning o‘zida 7500 nafar kishi namoz o‘qishi mumkin. Masjid hovlisi ham katta bo‘lib, xonaqoh bilan qo‘shib hisoblaganda 10 mingdan ziyod kishi namoz o‘qishi taxmin qilinmoqda.

Ushbu masjidga Shayx Qutbiddinxon eshon nomi qo‘yilishi mumkin.

Qutbiddin Muhiddinov – Eshoni Shayx hazratlari 1906-yil Urgut shahrida Muhiddinxon Valixon o‘g‘li xonadonida dunyoga kelib, 1983-yilda vafot etgan.

“Arab, forsiy va turkiy tillarni, adabiyotni chuqur bilganidanmi, Shayx Qutbiddinxonning atrofi hamisha tolibi ilmlar bilan gavjum edi. Hazrat nihoyatda halim va bag‘rikeng inson edi. Xoh Qur’oni majid tafsiri, xoh hadisi sharif sharhi, arab, fors va turkiy tillar tarixi bo‘ladimi, xoh Abdulqodir Bedil yoki Alisher Navoiy she’riyati bilan bog‘liq bo‘ladimi, har qanday masala yuzasidan hazratga kim murojaat qilmasin, batafsil javob eshitar, shayx Qutbiddinxonga chinakam ixlosmand bo‘lib, shirin suhbatlarida bo‘lishni hamisha orzu qilar edi”, — deb yozadi domlaning shogirdlaridan marhum akademik Boturxon Valixo‘jayev.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantindan keyin masjidlarda jamoat namozlari qay tartibda o‘qilishi haqida videoqo‘llanma ishlab chiqildi

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgan edi. Keyinroq karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgan, masjidlar esa 15-avgustdan so‘ng bosqichma-bosqich ochilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda 17-avgustdan boshlab masjidlar har kuni ishlaydi, faqat juma namozi ado etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют