» » “Mobil masjid”ga dunyoning 45 davlatidan buyurtma tushdi

“Mobil masjid”ga dunyoning 45 davlatidan buyurtma tushdi


2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlari paytida foydalanish uchun ishlab chiqarilgan “mobil masjid”ga dunyo bo‘yicha qiziqish yuqori bo‘ldi va hozirgacha 45 davlatdan buyurtma kelib tushgan, deb xabar beradi O‘zbeksiton musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

“Mobil masjid”lardan 2022-yilda Qatarda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ham foydalanish rejalashtirilgan.

Tashqi ko‘rinishidan oddiy yuk mashinasidan farq qilmaydigan “mobil masjid”ning yon devorlari ochilib, bir paytning o‘zida ellik kishi namoz o‘qishi uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Shuningdek, “mobil masjid”ning to‘rt kishilik tahoratxonasi ham bor. “Mobil masjid”ni tayyorlash 890 ming dollarga tushdi.

Ishlab chiqaruvchi firma ushbu loyihani sayyohlik mintaqalari va xalqaro tadbirlarda ham qo‘llashni niyat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют