» » Yaponiya ko‘chalarida ilk bor mobil masjid paydo bo‘ldi

Yaponiya ko‘chalarida ilk bor mobil masjid paydo bo‘ldi


Yaponiyaning Tiba prefekturasida ilk mobil masjid paydo bo‘ldi, u Kanto hududi musulmonlariga jamoa bo‘lib namoz o‘qish imkonini yaratdi, deb yozadi “Islom.uz”.

Uni yaratish g‘oyasi 2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari bilan bog‘liq.

Mobil masjid yo‘l bosayotgan vaqtda 12 metrli uzunlikdagi va 2,5 metr kenglikdagi yuk mashinasiga o‘xshaydi. Ammo ko‘p tonnali yuk mashinasi to‘xtash joyiga kelishi bilan bir necha daqiqa ichida 50 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladigan, 6 metr kenglikdagi 48 metr maydondagi namozxonlar uchun xonaga aylanadi.

G‘ildiraklardagi masjid konditsioner bilan jihozlangan va unda tahorat olish uchun yetarli suv zaxirasi mavjud. Loyiha mualliflarining aytishicha, Yaponiyada keyinchalik ikkinchi shunday masjid yaratiladi.

“Men budda diniga e’tiqod qilaman, ammo barchaga ibodat qilish oson bo‘lishi uchun muhit yaratishni istagan edim”, – deydi g‘ildiraklardagi masjidlarni yaratish bo‘yicha qo‘mita raisi Yasuxaru Inoye.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют