» » Shirinliklarga moyillikdan qanday qutulish mumkin?

Shirinliklarga moyillikdan qanday qutulish mumkin?


Shirinlik iste’molining me’yoridan ortig‘i nafaqat tashqi ko‘rinish, balki salomatlikda ham o‘z aksini ko‘rsatadi. Quyida shirinlikka qaramlikdan qanday qutulish mumkinligiga to‘xtalib o‘tamiz.

Shakardan butkul voz keching

Tozalangan shakar, sun’iy shirinlik, fruktoza miqdori ko‘p bo‘lgan siroplardan voz keching. Shakar va shirinliklar iste’mol qilmaslikka nafaqat uyda, balki ish joyingiz va boshqa yerlarda ham amal qiling. Qandolat do‘konlari, ovqatlanish shoxobchalarida desertlardan uzoqroq yuring.

Oqsilga boy nonushta qiling

Nonushta mahsulotingiz oqsilga boy ekaniga e’tibor qarating. Negaki aynan oqsil qondagi qand balansini nazorat qiladi va shirinlik yeyish xohishini kamaytiradi. Masalan, tuxum, avokado va sabzavotlardan omlet, suli yormasidan bo‘tqa yoki meva-rezavorlardan tayyorlangan yogurt eng yaxshi variant.

Kofein iste’molini kamaytiring

Muvaffaqiyat formulasi: soat tonggi 10 ga qadar bir finjon qahva ichish bilan kifoyalanish sanaladi. Kaliforniya universiteti olimlarining aniqlashicha, bir kunda bir qancha finjon qahva ichish qondagi qand miqdorining ko‘tarilishi va buning natijasida shakar iste’moli haqida doimiy o‘ylashga olib keladi. Kunning birinchi qismida bir finjon qahva iste’mol qilish vaziyatni barqarorlashtiradi.

Limon aralashmali suv iching

Uy, restoran yoki ish joyida shirinlik yegingiz kelib qolsa, limonli suv ichishga odatlaning. Agar ikki litr suvga ikki osh qoshiq olma sirkasi qo‘shib ichilsa, yana ham yaxshi. Ushbu ichimliklar hazm jarayonida ahamiyatli bo‘lgan oshqozon suyuqligini yaxshilaydi.

Soat 16:00 da tamaddi qilib oling

Tushlikdan keyin shirinliklar iste’moliga xohish paydo bo‘lishi mumkin. Proteinga boy yegulik, shakarga bo‘lgan qaramlikni tiyishga sabab bo‘ladi. Yong‘oq, yogurt va qaynatilgan tuxumni tamaddi vaqtida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Ushbu tavsiyalarga amal qilish orqali shirinlikka bo‘lgan qaramlikni 5-7 kunda yengish mumkin. Bu degani siz shakardan butkul voz kechishingiz kerakligini bildirmaydi, ushbu tavsiyalarga amal qilib ushbu tajribani tugatganingizdan keyin onda-sonda o‘zingizni shirinlik bilan siylasangiz bo‘ladi.

Salomatlikka befarq bo‘lmaganlar uchun:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют