» » Ilon Mask Tesla egalariga mo‘ljallangan tanishuv dasturini ishga tushiradi

Ilon Mask Tesla egalariga mo‘ljallangan tanishuv dasturini ishga tushiradi


Tesla kompaniyasi yangi tanishuv dasturini taqdim qildi. Harper’s Bazaarning ma’lum qilishicha, unda faqatgina Ilon Mask avtomobillarining egalari ro‘yxatdan o‘tishi va mulkka egalik huquqini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Tesla Dating nomini olgan ilovaning shiori — Because you can’t spell LOVE without EV (Chunki sevgini elektrmobilsiz yozib bo‘lmaydi). Ushbu platforma, Tesla eksklyuziv mijozlari jamiyatidagi hamfikrlarni birlashtirish uchun o‘ylangan.

G‘oyaning tug‘ilishiga ilova asoschilari do‘st va tanishlaridan Teslani qanchalik yaxshi ko‘rishlari haqida son-sanoqsiz xabarlar eshitganlari sabab bo‘lgan.

Mutaxassislar fikricha, elektromobili bor odamlarda ushbu mashinalar asosiy suhbat mavzusi va ular shaxsiyatining muhim qismiga aylanadi. Ushbu yangi element insonlarga ikkinchi juftini topishga yordam berishi ham mumkin, deyiladi xabarda.

Tesla Dating ayni vaqtda takomillashtirilmoqda. Platforma ishga tushishi bilan unga birinchi bo‘lib kirish uchun saytda hozirdan ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Ilovaning foydalanuvchisi bo‘lish uchun Tesla’ga egalik qilish huquqini tasdiqlash kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют