» » Pekinda aholining tibbiy niqobsiz yurishiga ruxsat berildi

Pekinda aholining tibbiy niqobsiz yurishiga ruxsat berildi


Xitoy poytaxti Pekin shahridagi Sog‘liqni saqlash organlari ochiq havoda aholining majburiy ravishda tibbiy niqobda yurishi to‘g‘risidagi tartibni bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Pekindagi karantin cheklovlarni yumshatish haqidagi qarorga muvofiq odamlarning ko‘chada niqob taqmasdan yurishiga ruxsat berildi. Shaharda ikki haftadan buyon COVID-19 yuqtirib olish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilmayapti.

Yangi qarorga qaramay megapolisda yashovchi ko‘plab fuqarolar xavfsizlik nuqtayi nazaridan, shuningdek, ijtimoiy bosim sabab tibbiy niqob taqib yurishda davom etmoqda.

“Menimcha, niqobimni istagan vaqtimda yechishim mumkin, lekin bu ishni qilishdan avval boshqalar bunga qanday baho berishini o‘ylashim kerak. Shu sababli odamlar ko‘pchilikni niqobsiz ko‘rib qo‘rqib ketishi mumkin deb hisoblayman”, – deya mazkur qarorning qabul qilinganiga izoh bergan Pekinda yashovchi 24 yoshli ayol.

Aprel oyi oxirida ham aholining niqobsiz yurishiga ruxsat berilgandi, ammo yangi kasallanish holatlarining ko‘payishi iyunga borib yana qat’iy karantin joriy qilinishiga olib keldi. Agentlikning aniqlik kiritishicha, Pekinda koronavirus bo‘yicha ikki haftalik sokinlikdan keyin shahar aholisi odatiy hayot tarziga qaytgan.

Xitoyning materikli qismida oxirgi besh kun ichida birorta ham yangi kasallanish holati kuzatilmagan va poytaxtda, Shinjonda va boshqa provinsiyalardagi bemorlar kasallikdan tuzaldi.

Mavzuga doir: Xitoyda COVID-19’ga qarshi vaksinaga birinchi patent berildi

Ekspertlarning fikricha, mamlakatning kasallikka qarshi kurashib, g‘alaba qozonishiga qoidalarga qat’iy rioya etish, tibbiy niqob taqib yurish, uyda karantinda o‘tirish va ommaviy ravishda test qilish ishlari katta samara bergan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 20-avgust holatiga ko‘ra jami 84 917 ta kasallanish holati qayd etilgan, 22 nafar kishi xorijdan qaytganida ularda COVID-19 borligi aniqlangan.

Avval xitoylik epidemiolog Rossiyada ishlab chiqilgan COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaga ijobiy baho berib, ikki davlat olimlari bu borada o‘zaro ilmiy hamkorlik qilayotganini qayd etgan.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi dekabr oxirida sotuvga chiqadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют