» » Chilonzorda bir kishini qorovul sifatida ishga joylashtirish uchun 100 dollar olgan firibgar fosh etildi

Chilonzorda bir kishini qorovul sifatida ishga joylashtirish uchun 100 dollar olgan firibgar fosh etildi


Toshkent shahar Chilonzor tumanida bir fuqaroni zavodga qorovullik o‘rniga ishga joylashtirish uchun 100 dollar olgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning may oyida 37 yoshli muqaddam sudlangan U.T. 32 yoshli D.T.ga zavodlardan biriga qorovul sifatida ishga kiritishni va’da qilgan.

U.T. o‘z “xizmatlari” uchun 100 dollar olib, va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Toshkentda tanishiga 3 milliard so‘m kredit olib berishni va’da qilib, uni 21 million so‘mga chuv tushirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют