» » AQShda noyob Ford Mustang yangi egasiga yetib bormasdan avariyaga uchradi

AQShda noyob Ford Mustang yangi egasiga yetib bormasdan avariyaga uchradi


Nyu-Yorkdagi dilerlik markazi egasi Mecum auksioni orqali Jorjia shtatidagi mijozi uchun 1971-yilda ishlab chiqarilgan Ford Mustang Mach 1’ni sotib olgan. Diler mashinani yetkazib berishda avtomobil tashuvchi xizmatdan foydalangan, biroq mashina yo‘lda jiddiy avariyaga uchragan, deb xabar beradi Motor.

Devid Jeyms xarid amalga oshirilishi bilan 49 yoshli Mustang’ni avtovozga ortgan. Ikki shtat orasidagi masofa kam emas — 1450 kilometr. Transportyor 14 soat yo‘l bosib, belgilangan joyga yetib kelishiga 20 daqiqa qolganida avariyaga uchragan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Mustang va yuk mashinasi trassadan chiqib ketib, ag‘darilgan. Mashina platformadan uchib chiqib, tom qismi bilan qulagan. Avtomobil kuzovining katta qismi pachoqlangan. Haydovchi o‘tiradigan tomon to‘liq, shuningdek, sportkarning tom qismi va ustunlari shikastlangan. Avariya nima sababdan yuzaga kelgani noma’lum.

Ford Mustang Mach 1 birinchi avlod kupening “o‘qlangan” versiyasi hisoblanadi. Modifikatsiya konveyrdan 1971—1973-yillar davomida chiqqan. Modelga 375 ot kuchiga ega 7 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u 100 km/soat tezlikka 5,6 soniyada erishadi. Sportkarning maksimal tezligi 220 km/soat.

Avvalroq AQShda yangi Chevrolet Corvette xarid qilinganidan bir kun o‘tib YTHga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Avstraliyada 2,4 mln dollarlik superkar egasi mashinani daraxtga borib urdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют