» » AQShda sobiq harbiy xizmatchi Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanib hibsga olindi

AQShda sobiq harbiy xizmatchi Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanib hibsga olindi


AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari maxsus bo‘linmasining sobiq harbiy xizmatchisi Rossiya razvedkasi foydasiga ishlashga gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.

Ayblanuvchi 45 yoshli Piter Debbins. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, u 1996-yilning dekabridan 2011-yilning yanvariga qadar Rossiya razvedkasi bilan aloqada bo‘lgan. Adliya vazirligi xabarida qayd etilishicha, 1997-yilda u Rossiya foydasiga ishlashga roziligini tasdiqlovchi hujjatni imzolagan.

Debbins Rossiya razvedkasi bilan hamkorlik davomida o‘z faoliyatiga va quroldoshlariga bog‘liq maxfiy ma’lumotlarni taqdim etib kelgan.

Debbins umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil Avstriyada 28 yil davomida Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanayotgan iste’fodagi polkovnik hibsga olingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют