» » O‘zbekistonda yana bir kishi payg‘ambarlikka da’vo qilib chiqdi. Musulmonlar idorasi bunga munosabat bildirdi

O‘zbekistonda yana bir kishi payg‘ambarlikka da’vo qilib chiqdi. Musulmonlar idorasi bunga munosabat bildirdi


Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Mallabek o‘g‘li Jamoliddin deb tanishtirgan shaxsning payg‘ambarlikka da’vo qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Unda ushbu shaxs Allohning vakili qilib yuborilgani, hamma uchun yagona din “Imon yo‘li dasturi” dinini targ‘ib qilish, bunga 35 yil tayyorgarlik ko‘rgani, muayyan ibodatlar dasturi borligini aytgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati bunga munosabat bildirib, bu kabi holat birinchisi va oxirgisi ham emasligi, ahyon-ahyonda uchrab turishi tabiiy hol ekanligi ta’kidlandi.

“Hurmatli bloger hamda faol internet foydalanuvchilariga din masalasidagi har qanday noodatiy holatni ommaga ko‘rsatish hamisha ham to‘g‘ri bo‘lavermasligini ta’kidlamoqchimiz. Chunki bu odamlarning e’tiqodi bilan bog‘liq masala hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bunday xatti-harakatni qat’iy qoralashini, ilm-u ma’rifat rivojlangan bugungi davrda odamlarning vaqtlarini olib, bu kabi asossiz lavhalarni tarqatish hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini hamda mo‘min-musulmonlarimizdan bu kabi shaxslarning soxta da’volariga chalg‘ib qolmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning fevral oyida payg‘ambarlikka da’vo qilgan buxorolik ayolga bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani xabar berilgandi. Iyul oyida esa Samarqandda o‘zini payg‘ambar deb chiqqan shaxsning videosi tarqalgan, keyinchalik uning bosh miya kontuziyasi kasalligi bilan davolangani ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют