» » Internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi


Britaniyaning Xtera va Yaponiyaning KDDI Research kompaniyalari muhandislari o‘zaro hamkorlikda internet tezligi rekordini yangiladi, deb xabar beradi New Atlas.

Yangi tezlik 178 Tb/soniyani tashkil etdi. Bu tezlik bilan Netflix’ning jami videotekasini bir soniyada ko‘chirib olsa bo‘ladi.

Bu tezlikka signalni 16,9 TGs chastotada uzatuvchi, optik tolali kabel o‘tkazuvchanligini oshiruvchi yangi texnologiya yordamida erishilgan. Rekord tezlikka erishish uchun ishlatilgan kabellar qo‘llanilgan. Faqat har 100 kilometrda yangilangan kuchaytirgichlar o‘rnatilgan.

Hozirgi kunda oddiy foydalanuvchi uchun eng yuqori tezlik 10 Gb/soniya atrofida. Bu qulaylikdan Yaponiya, AQSh va Yangi Zelandiya aholisining bir qismi foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Avstraliyaning Svinbern texnologiya universiteti va Melburn qirollik texnologiya universiteti (RMIT) tadqiqotchilari tarmoqqa ulanish tezligi bo‘yicha yangi rekordni o‘rnatgan edi — 44,2 Tb/soniya.

Mavzuga doir: Ilon Maskning global interneti tezligi test vaqtida 11—60 Mbit/soniya ko‘rsatkichni qayd etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют