» » Andijonda FHDYo arxivlaridagi 3 millionga yaqin dalolatnoma elektronlashtirildi

Andijonda FHDYo arxivlaridagi 3 millionga yaqin dalolatnoma elektronlashtirildi


Andijon viloyatidagi FHDYo arxivlarida 5 milliondan ortiq fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari mavjud bo‘lib, shundan 3 millionga yaqini raqamlashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Mahmudjon Abdijaliyevning ma’lum qilishicha, Prezidentning 2018-yil 12-iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Yagona elektron FHDYo arxivi” axborot tizimi yaratilgan. Hozirda uni yuritish va FHDYo organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli ko‘rinishga o‘tkazish hamda yagona elektron FHDYo arxiv fondini shakllantirish jarayoni ketmoqda.

“Viloyatimizdagi FHDYo organlari arxivida jami 5 million 92 ming 810 dona dalolatnoma yozuvlari mavjud bo‘lib, shu kunga qadar “FHDYo yagona elektron arxivi” bazasiga 3 millionga yaqin dalolatnoma yozuvlari kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta’minlandi. Buning uchun har bir hududda arxivarius shtati tashkil etilib, eng zamonaviy uskunalar olib kelindi hamda maxsus axborot tizimi ishga tushirildi. Hozirgacha Xonobod shahri, Bo‘ston, Ulug‘nor tumanlarida raqamlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi”, — deydi Mahmudjon Abdijaliyev.

Qo‘shimcha qilinishicha, FHDYo hujjatlarini raqamlashtirish ishlarini tezroq yakuniga yetkazish uchun viloyat bo‘yicha 231 nafar fuqaro 4 oylik shartnoma asosida arxivariuslikka ishga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 4-avgust kuni “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvariga qadar “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimida FHDYo organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazalarini shakllantirishni ta’minlash belgilangan. Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligiga 1-yanvarga qadar “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga fuqarolarga tegishli bo‘lgan shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish orqali ariza beruvchining oila a’zolari tarkibini aniqlash funksiyasi joriy etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют