» » Shavkat Mirziyoyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan Buxoro hokimi Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan Buxoro hokimi Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni Buxoro shahridagi “Hazrati Imom” qabristoniga tashrif buyurib, Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi, marhum haqiga Qur’on tilovat qilindi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, davlat va jamoat arbobi Karim Kamolov 22-avgust kuni 65 yoshida vafot etgan edi. Unda avvalroq koronavirus infeksiyasi aniqlangani, davolash muolajalari uchun Toshkentga ko‘chirilgani haqida xabar berilgan edi.

“O‘zining 47 yillik faoliyati davomida Karim Kamolov chinakam rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan ulkan hurmat qozongani, Buxoroning har tomonlama rivojlanishi va obod bo‘lishiga katta hissa qo‘shgani ta’kidlandi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Rasmiy ta’ziyanomadan ko‘chirma

Karim Kamolov 1955-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirib, mehnat faoliyatini qurilish sohasida boshlagan. 1994—2007-yillarda Buxoro shahri hokimi sifatida samarali mehnat qilgan. Mazkur davrda bu yerda mislsiz bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, iqtisodiy-ijtimoiy sohalar izchil rivojlandi. Shaharning 2500 yilligi keng nishonlandi, xalqaro festivallar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Qadimiy obidalar obod qilinib, turizm infratuzilmasi yaxshilandi.

Karim Jamolovichning boy bilim va tajribasi 2007—2017-yillarda “20-trest” mas’uliyati cheklangan jamiyat raisi bo‘lib ishlagan paytlarida qo‘l keldi. Oxirgi yillarda viloyatda yuz berayotgan keng miqyosli o‘zgarishlar ham Karim Kamolov sermahsul faoliyati bilan bog‘liq bo‘ldi. U 2017-yildan Buxoro shahri hokimi, 2020-yil fevraldan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida mamlakatimizdagi islohotlarni amalga oshirishda fidokorona mehnat qildi. Xalq deputatlari viloyat va shahar kengashlari a’zolari qatorida hududning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim qarorlarni ishlab chiqishga ham hissa qo‘shdi.

Karim Kamolovning davlatimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari munosib taqdirlanib, u “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют