» » Kilian Mbappe: Tuxel yulduzlarni boshqara olmaydi deyishgandi, ammo PSJ Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi

Kilian Mbappe: Tuxel yulduzlarni boshqara olmaydi deyishgandi, ammo PSJ Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi finali oldidan jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Futbolchilar murabbiyni qo‘llab-quvvatlaydi. U haqida ko‘p narsalarni eshitganman, misol uchun, u kiyinish xonasini boshqarmasligi, yulduzlarni qanday boshqarishni bilmasligi va yana boshqa ko‘plab shunga o‘xshash bo‘lmag‘ur gaplar... Ammo jamoa aynan u bilan klub tarixidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Barcha sovrinlarni (Fransiyada) qo‘lga kiritdik, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdik.

U barchamizni kerakli formaga olib kela oldi. Albatta, har xil narsalar bo‘lgan, ammo bu dunyodagi barcha murabbiylar bilan sodir bo‘ladi. U haqiqatan ham biz ishonadigan mutaxassis.

Kilian Mbappe, PSJ hujumchisi

PSJ va “Bavariya” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi final uchrashuvi 23-avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Uchrashuv Lissabondagi (Portugaliya) “Estadio da Lush” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kilian Mbappening 2019/20 yilgi mavsumdagi eng sara gollari, driblinglari to‘plami (video)

Mavzuga doir: PSJ futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelga qarshi chiqdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют