» » Frenki Edgar va Pedro Munyos o‘rtasidagi jangda UFC rekordi yangilandi

Frenki Edgar va Pedro Munyos o‘rtasidagi jangda UFC rekordi yangilandi


Las-Vegasda 23-avgust, yakshanba kuni UFC on ESPN 15 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy jangi 33 yoshli Pedro Munyos va 38 yoshli Frenki Edgar o‘rtasida kechdi.

UFC asoschisi Maykl Kerrollning ma’lum qilishicha, Frenki Edgar (135) — Pedro Munyos (166) jangida umumiy miqdorda 301 ta ahamiyatga ega bo‘lgan zarba yo‘llangan. Bu esa o‘ta yengil vazn toifasining rekordi hisoblanadi.

Avvalgi rekord UFC 238 musobaqasida o‘tgan Pedro Munyos (105) va Aljameyn Sterling (174) o‘rtasidagi jangda kuzatilgandi — 279 zarba.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda Frenki Edgar ochkolar hisobida (48-47, 46-49, 48-47) g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Asosiy kardning 3 ta jangi 1-raunddayoq yakunlangan UFC on ESPN 15 kechasining janglarini tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют