» » UFC on ESPN 9. Gilbert Byorns UFC sobiq chempioni Tayron Vudlini mag‘lubiyatga uchratdi

UFC on ESPN 9. Gilbert Byorns UFC sobiq chempioni Tayron Vudlini mag‘lubiyatga uchratdi


AQShning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 31-may tongida UFC on ESPN 9 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi yarim o‘rta vaznda UFC sobiq chempioni Tayron Vudli (19-5-1) va Gilbert Byorns (19-3) o‘rtasida kechdi. Jangda Byorns to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi va hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi. Hisob: 50:45, 50:45, 50:44.

Asosiy kardning qolgan natijalari bilan tanishing:

Augusto Sakai (15-1-1) ochkolar hisobida Blagoy Ivanovdan (18-4) ustun keldi (27:30, 29:28, 29:28).

Billi Korantillo (13-2) ochkolar hisobida Spayk Karlaylni (9-2) mag‘lub etdi (29-28, 29-28, 29-28).

Ruzvelt Roberts (10-1) Brok Uiverni (14-5) ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab taslim etdi.

Makkenzi Dern (8-1) Hanna Sayfersni (10-5) og‘ritish usuli orqali mag‘lub etdi.

Ketlin Chukagyan (14-3) ochkolar hisobdia Antonina Shevchenkodan (8-2) ustun keldi (30-25, 30-25, 30-25).

Mazkur kechaning barcha janglarini @Ufcboxuz Telegram kanalida tomosha qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 13) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют