» » Gruziyada mikroavtobusning jarlikka qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Gruziyada mikroavtobusning jarlikka qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi


Gruziyaning Dusheti munitsipalitetida mikroavtobus jarlikka qulab ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, yana uch kishi jiddiy jarohat olgan bo‘lib, shifoxonaga yotqizilgan.

Avariya Biso qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan, avtobus salkam 80 metrli balandlikdan tushib ketgan. Xabarda ta’kidlanishicha, fojia murakkab relyefli joyda, noqulay ob-havo sharoitida yuz bergan. Avariya joyiga politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar, shuningdek, maxsus texnikalar yo‘l olgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ioseb Chelidze va Favqulodda vaziyatlar agentligi rahbari Temur Mgebrishvili hozirda hodisa joyida bo‘lib turibdi. Ular qutqaruv operatsiyasini muvofiqlashtiryapti.

IIVning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositasi ekspluatatsiyasini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют