» » Robert Levandovski tarixiy natija qayd etdi

Robert Levandovski tarixiy natija qayd etdi


Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski 2019/20-yilgi mavsumda ajoyib natija qayd etdi.

Gap shundaki, “Bavariya” 2019/20-yilgi mavsumda uchta musobaqa – Germaniya Bundesligasi, mamlakat Kubogi va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Levandovski esa treblga erishgan va har uchala musobaqaning ham eng yaxshi to‘purari bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi.

32 yoshli Levandovski Bundesligada 34 ta, Chempionlar Ligasida 15 ta, Germaniya Kubogida esa 6 ta golga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Levandovski 2014-yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib keladi. Shu yillar mobaynida u jami 289 ta o‘yin o‘tkazib, 246 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют