» » Damashqda gaz quvuri portlashi oqibatida butun Suriya elektrsiz qoldi. Hukumat buni terakt deb atadi

Damashqda gaz quvuri portlashi oqibatida butun Suriya elektrsiz qoldi. Hukumat buni terakt deb atadi


24-avgust kuni ertalab Damashqda gaz quvuri portladi. Buning oqibatida butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasi ta’minoti uzilib qolgan, deb xabar beradi SANA agentligi.

Suriya elektr energetika vaziri Muhammad Zuxar Harbutliyning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida uchta elektrostansiya ishi to‘xtab qolgan. Hozirda poytaxt markazida elektr energiyasi qayta tiklangan. Hukumat bir necha soat ichida mamlakatning boshqa tumanlarida kuzatilayotgan nosozliklarni bartaraf etishga va’da bermoqda.

Suriya neft va mineral resurslar vaziri Ali G‘animning ma’lum qilishicha, hukumat gaz quvurining portlashini terakt deb baholamoqda. Hozircha jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

“Vaziyatni baholashdan keyin ma’lum bo‘ldiki, Adra va Dumayr tumanlari orasidan o‘tuvchi gaz quvuridagi portlash terrorchilik akti sabab yuzaga kelgan”, — deydi vazir.

Mavzuga doir: Suriyada benzovoz portlashi oqibatida tinch aholi vakillaridan 40 nafari halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют