» » Damashq Adliya saroyidagi terakt oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi

Damashq Adliya saroyidagi terakt oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi


Suriya poytaxti Damashq shahrida joylashgan Adliya saroyida 15-mart kuni sodir bo‘lgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 nafarga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Terrorchi-xudkush Damashqning qadimiy qal’asida joylashgan Hamidiya bozori yaqinidagi Adliya saroyida portlash uyushtirgan.

Xabarga ko‘ra, terrorchi xarbiy kiyimda bo‘lganligi uchun birinchi xavfsizlik kordonidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Ammo u ichkariga kirishga harakat qilganida, xavfsizlik xizmati xodimlari uni tekshirish maqsadida to‘xtatishgan.

Shunda xudkush o‘zini oldinga — odamlar orasiga tashlab, portlovchi qurilmani harakatga keltirib yuborgan.

Ma’lumot uchun, 15-mart kuni Damashqda ketma-ket portlashlar yuz berdi. Adliya saroyidagi teraktdan tashqari, shaharning yana uchta nuqtasida xudkushlar o‘zini portlatgan.

Qolgan portlashlar bo‘yicha jabrlanuvchilar va qurbonlar haqida hozircha rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют