» » Robert Levandovski kuchli beshlik chempionatlarining 2019/20-yilgi mavsumidagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Robert Levandovski kuchli beshlik chempionatlarining 2019/20-yilgi mavsumidagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi


“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Yevropa kuchli beshlik chempionatlarining 2019/20-yilgi mavsumidagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Polshalik hujumchi ortda qolgan mavsumda barcha musobaqalarda 55 ta gol urdi. Bu ikkinchi o‘rindagi “Latsio” hujumchisi Chiro Immobiledan (39) 16 taga ko‘proqdir.

Kuchli uchlikka 37 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) yakun yasab bergan bo‘lsa, Romelu Lukaku (“Inter”, 34) va Timo Verner (“Leypsig”, 34) keyingi o‘rinlardan joy olgan.

Ma’lumot uchun, Levandovski 2014-yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib keladi. Shu yillar mobaynida u jami 289 ta o‘yin o‘tkazib, 246 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют