» » Toshkentda ishdan bo‘shatilganiga 4 kun bo‘lgan mast IIBB xodimi mashinada 2 yoshli bolani urib ketdi

Toshkentda ishdan bo‘shatilganiga 4 kun bo‘lgan mast IIBB xodimi mashinada 2 yoshli bolani urib ketdi


Toshkent shahar Yunusobod tumanida 24-avgust, dushanba kuni sobiq IIBB xodimi mast holatda mashina boshqarib, onasi bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki yoshli bolani urib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 24-avgust kuni, taxminan, soat 01:10 da Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasida Cobalt avtomobili haydovchisi 31 yoshli T.A. piyodalarning tartibga solinmagan o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan yosh bolani urib yuborgan. YTH oqibatida ikki yoshli T.Ch. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Xabarga ko‘ra, YTH sodir etgan haydovchi Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi bo‘lib, shahodatlash komissiyasidan o‘tmagach, rahbariyatning buyrug‘i asosida 2020-yilning 20-avgust kuni ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, haydovchi spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘lgan va piyodalarni ko‘rmay qolgan.

Mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют