» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 90 foizi sog‘aydi. Bu yangi rekord

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 90 foizi sog‘aydi. Bu yangi rekord


O‘zbekistonda 2020-yil 24-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 39 156 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Kun davomida 210 kishida koronavirus aniqlangan:

24-avgust kuni Toshkent shahri va viloyatida 2 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi shu paytga qadar 277 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etgani haqida xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 286 nafarni tashkil etmoqda.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 24-avgust soat 17:00 ga qadar koronavirus bilan kasallangan 296 nafar bemor sog‘aydi. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar soni 35 283 nafarni tashkil qilib, tuzalish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi. Qayd etish joizki, bu mamlakatda koronavirusdan tuzalish bo‘yicha shu paytgacha qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 3596 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mo‘min-musulmonlarga murojaat qilish kerakligini aytdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют