» » Qor yog‘sa, tashqi dunyodan uzilib qoladigan Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘i uchun qishgacha yo‘ltanlamas tez yordam mashinasi olib kelinadigan bo‘ldi

Qor yog‘sa, tashqi dunyodan uzilib qoladigan Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘i uchun qishgacha yo‘ltanlamas tez yordam mashinasi olib kelinadigan bo‘ldi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev davrida ko‘tarilgan, ammo yechimini topmagan muammoga yechim topdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, viloyat rahbari 23-avgust, yakshanba kuni Hisor tog‘ tizmalari etagida joylashgan chegara qishloq — Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘ida bo‘lgan.

“Viloyat sektor rahbarlari, viloyat DXX, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi, Xalq qabulxonasi rahbarlari ushbu chegara qishloq aholisi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan asosiy muammolar bilan qiziqdi”, — deydi Ahror Sodiqov.

Ta’kidlanishicha, Zoir Mirzayev Ko‘l qishlog‘ida yashovchi aholining asosiy muammosidan xabardor ekanligini aytgan.

“Eng asosiy muammo — qish oylarida shahar markaziga yetkazadigan yo‘l va tibbiy xizmat ko‘rsatish ekanini oldindan OAVlarda ham o‘qib, tegishli rejalarni tuzib olganman. Ko‘l va Kitob tumanidagi Shut qishloqlari uchun yo‘ltanlamas tez yordam mashinalari olib kelmoqdamiz”, — degan viloyat hokimi ko‘lliklar bilan muloqotda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 31-yanvar kuni “Daryo”da Shahrisabz tumanining Ko‘l qishlog‘ida ikki metr qor yog‘gani, natijada aholi 10 kunga “dunyodan uzilib qolgani” haqida hikoya qilingandi. Viloyatning o‘sha paytdagi rahbari Zafar Ro‘ziyev mazkur muammolar yechimini topishini aytsa-da, amaliy natija bo‘lmagandi.

“Daryo” muxbirining 2019-yilning yoz oyida Ko‘l qishlog‘iga qilgan ikkinchi safarida muammo haqida yana so‘z ochgan aholi 2019-yilning qish mavsumini ham qiyinchiliklar bilan o‘tkazishga mahkum ekanligini, qishloqqa ajratilgan texnika qo‘shni qishloqqa berib yuborilganini aytgandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, DXX raisi Abdusalom Azizov ham yaqinda ushbu qishloqda bo‘lib, aholining bir nechta muammosini hal etgan.

“Mahallada qurilishi boshlangan xalq kutubxonasi ham qish mavsumiga qadar yakuniga yetkaziladi. Kutubxonaga aholi talabidan kelib chiqib, hokimlik hisobidan qo‘shimcha 10 million so‘mlik tojik tilidagi badiiy kitoblar to‘plami olib kelinadi”, — deydi Ahror Sodiqov.

Ko‘l qishlog‘ida shu paytga qadar kartoshka ekilgan maydon 60 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, endilikda kartoshka ekiladigan maydonni 3 ming gektargacha kengaytirishga kelishib olingan.

“Shundan so‘ng qishloqdan 18 kilometr uzoqlikda joylashgan Hazrati Sulton ziyoratgohiga ham borilib, Yaratgandan xalqimiz va dunyo xalqlarini koronavirus balosidan asrash, har bir soha rivoji hamda xalqimiz roziligi yo‘lida odilona siyosat olib borayotgan yurtboshimizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik so‘raldi”, — deyiladi hokimlik axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют