» » BAAning Jetex kompaniyasi Ozbekiston aviatsiya bozoriga kirishi mumkin

BAAning Jetex kompaniyasi Ozbekiston aviatsiya bozoriga kirishi mumkin


Transport vaziri orinbosari Jasurbek Choriyev Birlashgan Arab Amirliklarining Jetex kompaniyasi vakillari bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar otkazdi. Bu haqda Transport vazirligining axborot xizmati xabar bergan.

Muloqotda Jetex kompaniyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat korsatishni tashkil etish boyicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirayotgani malum qilingan.

Xabarga kora, Jetex kompaniyasi mazkur loyiha doirasida oz mablaglari hisobidan Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida yolovchilar va biznes aviatsiyaga xizmat korsatuvchi yangi maxsus terminal va angar qurishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya vakillari yolovchilarga yuqori darajadagi xizmat korsatishni taminlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Toshkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oshirishini alohida qayd etib otgan.

Jetex kompaniyasi 2005-yilda tashkil etilgan bolib, 5 qitada 30 ta biznes birlashmani oz ichiga olgan global tarmoqqa ega. Shuningdek, Jetex Yaqin Sharq, Turkiya va Pokistonda HondaJet kompaniyasining rasmiy dileri hisoblanadi.

FBO (Fixed Base Operator) aeroportlarda havo kemalari va yolovchilarga kompleks servis xizmatlari korsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilgi quyish, toxtash joyi, angarda saqlash, texnik va tamirlash xizmatlarini korsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa koplab xizmat turlarini korsatuvchi tashkilot.

Mavzuga doir:Ozbekiston aeroportlari kimga nasib etadi? Rossiya kompaniyasi bilan muzokaralar boshi berk kochaga kirib qolgan

Videomuloqotda Ozbekiston aviatsiya bozoriga xususiy kompaniyalarni jalb etish, sohada soglom raqobat muhitini shakllantirish, bu orqali esa turli tasnifdagi yolovchilarga yanada qulay xizmatlarni taqdim etish boyicha amaliy ishlar olib borilayotganini hamda Jetex kompaniyasining investitsion loyihasini amalga oshirish yuzasidan ikki tomon mutaxassislari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan uchrashuvda loyihaning texnik, iqtisodiy jihatlarini atroflicha muhokama qilish yuzasidan kelishib olingan.

Mavzuga doir:Ozbekiston aeroportlari xorijiy aviakompaniyalar uchun ochilmoqda



Manba: Daryo.uz
: admin (24-08-2020, 22:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -