» » Toshkent aeroportida sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan axborot markazi ishga tushiriladi

Toshkent aeroportida sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan axborot markazi ishga tushiriladi


Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy sayyohlik axborot markazini ishga tushiradi, deya xabar beradi “UzDaily”.

Toshkent xalqaro aeroportida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy axborot maskanlarini tashkil etish ishlari boshlandi.

“Tourist service center” 2-qo‘nish zalida joylashgan va har biri xorijiy sayyohlarga O‘zbekistonning turizm sanoati, mamlakatning zamonaviy yo‘nalishlari haqida ma’lumot beruvchi 6 bo‘linmali dumaloq dizaynga ega bo‘ladi.

Bu yerda har bir chet ellik fuqaro sayyohlik sim-kartalari, O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab qo‘llanma, zamonaviy dam olish maskanlari, mehmonxonalar va restoranlar haqida kerakli ma’lumotlarni beruvchi reklama broshyuralari, shuningdek, Respublikada bo‘lish tartiblari haqida maslahat olish imkoniga ega bo‘ladi.

Ayni damda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning turistik salohiyati to‘g‘risida 95 mingga yaqin flayerlar tayyorlangan.

Avvalroq, Davlat qo‘mitasi madaniy me’ros obyektlari, temir yo‘l vokzallari, aeroportlar va mehmonxonalar hududida sim-kartalar, madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalar, qisqa muddatli turlar, temir yo‘l va aviachiptalar sotiladigan sayyohlik axborot markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Kelgusida sayyohlarga umumiy ovqatlanish shahobchalari, turar-joy maskanlari haqida ma’lumotlar, taksi chaqirish, muzeyga chipta olish, sovg‘alar xarid qilish imkonini beruvchi sim-kartalar taqdim etadigan statsionar va mobil infokiosklar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Loyiha davlat-xususiy sherikchiligi doirasida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют