» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” Ispaniyaning Talgo va Koreyaning Hyundai kompaniyalari bilan yangi elektr poyezdlar sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Ispaniyaning Talgo va Koreyaning Hyundai kompaniyalari bilan yangi elektr poyezdlar sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda


Temir yo‘l transportida ichki va chet ellik sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ispaniyaning Talgo va Koreyaning Hyundai kompaniyalari bilan yangi elektr poyezdlar sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Bundan tashqari, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ bazasida jami sig‘imi 240 o‘rindan iborat beshta vagonni ta’mirlash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu vagonlar 2018-yil sentabri oxirigacha “Sharq” poyezdlarida foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, chiptalarni onlayn sotib olish tizimi chiptalarning sayyohlik agentliklari tomonidan bron qilinishi imkoniyati qo‘shilgan holda modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2018, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют