» » Yangi “Afrosiyob” poyezdlarining dastlabkisi O‘zbekistonga yetib keldi

Yangi “Afrosiyob” poyezdlarining dastlabkisi O‘zbekistonga yetib keldi


Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” buyurtmasiga asosan Talgo 250 poyezdi negizida ishlab chiqilgan yangi “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining dastlabkisi O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, vagonlar dastlab Ispaniyaning Bilbao portidan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga dengiz yo‘li bilan sakkiz kunda olib kelingan.

Shundan so‘ng, yangi “Afrosiyob” 28-fevral kuni Sankt-Peterburg stansiyasidan yo‘lga chiqib, 4-mart kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning O‘rtaovul stansiyasiga yetib kelgan.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” ikkita yangi “Afrosiyob” poyezdlarini sotib olayotgani haqida xabar berilgan edi. Ikkinchi poyezd yuqorida qayd etilgan yo‘nalish bo‘ylab 2017-yil aprelida O‘zbekistonga yetib kelishi kutilmoqda.

Yangi poyezdlar “Toshkent—Qarshi” va “Toshkent—Buxoro” yo‘nalishlari bo‘ylab qatnashi kutilmoqda. Avvalroq yangi “Afrosiyob”larning birinchi Ispaniyadan yo‘lga chiqayotgan aks etgan foto va videolar e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: Yangi “Afrosiyob” poyezdlari Ispaniyadan O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqdi (foto va video)

Hozirda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab Patentes Talgo tomonidan Talgo 250 negizida maxsus ishlab chiqilgan ikkita “Afrosiyob” poyezdlari harakatlanmoqda. Poyezdlar 2011-yil oktyabridan Toshkent va Samarqand oralig‘ida harakatlangan bo‘lsa, 2015-yil sentabridan Qarshi shahrigacha, 2016-yil sentabridan esa Buxorogacha qatnay boshladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют