» » Gonkonglik olimlar koronavirusga qayta chalinish mumkinligini isbotladi

Gonkonglik olimlar koronavirusga qayta chalinish mumkinligini isbotladi


Gonkong universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qayta yuqtirib olish bo‘yicha dastlabki holat tasdiqlangani haqida ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar bergan.

33 yoshli erkakda u COVID-19’ga chalinib, kasallikdan tuzalganidan to‘rt yarim oy vaqt o‘tib yana infeksiya yuqtirib olish holati kuzatilgan. Bemor birinchi marta koronavirus infeksiyasiga chalinganida unda kasallikning yengil belgilari kuzatilgan, hozirda ushbu alomatlar ham mavjud emas.

Mavzuga doir: Germaniyalik olimlar koronavirus 8 metrlik masofadan ham yuqishi mumkinligini aniqladi

Olimlarning fikricha, takroriy infeksiya erkak Ispaniyadan qaytganidan keyin yangi virus tomonidan qo‘zg‘atilgan. Virus genomi tekshirilganida koronavirusning ikkinchi shtammi birinchisidan farqli ekani va iyul—avgust oylarida Yevropada tarqalgan shtammga o‘xshash ekani aniqlangan.

Avval AQSh va boshqa mamlakatlarning shifokorlari koronavirus bilan qayta kasallangan bemorlar uchrayotgani haqida ma’lum qilgan, lekin Gonkong universiteti olimlarining tadqiqotiga qadar bu holatlar rasman o‘z ilmiy tasdig‘ini topmay kelayotgandi.

Mavzuga doir: Koronavirus bemorlarida qand miqdorining oshishiga olib keladigan sabablardan biri ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют