» » Nukusda ichida 6 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Damas poyezd vagoni bilan to‘qnashib ketdi

Nukusda ichida 6 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Damas poyezd vagoni bilan to‘qnashib ketdi


Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri hududidan o‘tuvchi A 380 avtomobil yo‘lida Damas rusumli avtomobil poyezd vagoni bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-avgust kuni soat 08:00 larda 28 yoshli S.B. Damas avtomobilini 6 nafar yo‘lovchi bilan boshqarib ketayotib, temiryo‘l kesishmasi orqali harakatlanish qoidalarini buzishi oqibatida teplovoz tortib kelayotgan poyezd vagoni bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida avtomobil haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur to‘qnashuv yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent—O‘sh yo‘lida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Zarafshonda poyezd va MAN yuk mashinasi to‘qnashdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют