» » “Ishbilarmon kishilar”ning ta’zirini bergan to‘polonchi bolakay — aktyor Sergey Tixonovning taqdiri qanday kechdi?

“Ishbilarmon kishilar”ning ta’zirini bergan to‘polonchi bolakay — aktyor Sergey Tixonovning taqdiri qanday kechdi?


Rus kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Ishbilarmon kishilar” taqdim etilganiga 58 yil bo‘lganiga qaramay, haligacha u tomoshabinlarning sevimli filmi hisoblanadi. Filmda bola o‘g‘irlab, uning otasidan pul talab qilgan ikki firibgarning “dodi”ni bergan shumtakani gavdalantirgan aktyor Sergey Tixonovning taqdiri qanday kechgani ko‘pchilikka qiziq.

Sergey Tixonov Leonid Gaydayning “Ishbilarmon kishilar” film-trilogiyasidagi “Hindular sarkardasi” qissasida Jonni Dorset roli bilan mashhurlikka erishdi. Yosh aktyor Sergey rejissor Yevgeniy Sherstobitov tomonidan bezori bola roliga taklif qilingan. Yevgeniyning o‘zi esa u haqida: “Bu bolaning noyob aktyorlik iste’dodini ko‘rish uchun, albatta, rejissor bo‘lish shart emas”, — deb aytgan.

1967-yil Sergey yana bir mashhur “Dubrovkada” kartinasida suratga tushdi. Shuning bilan aktyorning kino sohasidagi faoliyati yakun topadi.

Tixonov “Dubrovkada” filmida ijro etgan Vovki Utyug rolidan keyin Kinematografiya instituti (VGIK)ga o‘qishga topshiradi, afsuski, u o‘qishga qabul qilinmaydi. Shundan so‘ng u sovet armiyasiga xizmatga yuboriladi. Harbiydan qaytgan Sergeyning hayoti haqida esa boshqa narsa ma’lum emas.

1972-yil 21-aprelda aktyor tramvay urib yuborishi oqibatida vafot etgan.

“Ishbilarmon kishilar” filmi hanuzgacha sevib tomosha qilinadi. Filmga ko‘ra, Sem (Georgiy Vitsin) va Bill (Aleksey Smirnov) firibgarlik ishini amalga oshirishi uchun 2 ming dollar mablag‘ yetmas edi. Ular shahar aholisining taniqli kishilaridan biri Ebenezer Dorsetning kichik o‘g‘lini o‘g‘irlab, evaziga o‘zlariga kerakli miqdordagi pulni talab etmoqchi bo‘ladi. Reja bajariladi, bolani o‘g‘irlab, o‘rmondagi g‘orga yashirinadi va shumtaka bolakayning otasi Dorsetga o‘g‘rilik va to‘lov haqida maktub yoziladi.

Ammo to‘polonchi bolakay shu darajada bezoriliklar qiladiki, qaroqchilar nafaqat to‘lovni rad etishga, balki “asir”dan qutulish uchun o‘zlarining bor pulini berishga ham majbur bo‘ladi. So‘ngra uddaburon otadan farzandini atigi 10 daqiqa ushlab tura olishi xabarini eshitib, “Biz ungacha Kanada chegarasiga yetib olamiz”, deya ikkovlon juftakni rostlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют