WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Foto: Toshkent tumani markazida 50 metrlik davlat bayrog‘i o‘rnatildi
Foto: Toshkent tumani markazida 50 metrlik davlat bayrog‘i o‘rnatildi
Toshkent viloyati Toshkent tumani markazida 50 metr balandlikda O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 50 metrlik minoraga o‘rnatilgan bayroqning uzunligi 12 metr, eni esa 6 metrni tashkil etadi.
Ulkan bayroq yangi qurilgan tuman tibbiyot birlashmasi va ko‘p qavatli uylar oldidagi maydonga o‘rnatilib, Keles yo‘li markaziy ko‘chasi bo‘ylab tumanga kirib kelishda qad rostlagan.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, bayroq mustaqillikning 29 yilligi arafasida o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 65 metr, Farg‘onada 67 metr, Andijonda 64 metr, Buxoroda 65 metr, Navoiyda 62,5 metr, Samarqandda 60 metr va Urgutda 62 metr balandlikda bayroq o‘rnatilgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?
КТО НА САЙТЕ?
(
22)
(
0)
(
21)
(
1)





- отсутствуют
