» » Tailandda 70 yillik tutqinlikdan so‘ng ozod etilgan fil yig‘lab yubordi (video)

Tailandda 70 yillik tutqinlikdan so‘ng ozod etilgan fil yig‘lab yubordi (video)


Tailandda yillar davomida yuk tashib, sayyohlarni sayr qildirgan, bo‘ysunmaganida kaltaklangan 73 yoshli fil Save Elephant Foundation fondi tomonidan qutqarildi.

Ta’kidlanishiga qaraganda, tanasi va boshida kaltakdan qolgan izlar bir talay bo‘lgan Suk-Jay nomli ushbu fil ko‘rish va qisman eshitish qobiliyatini yo‘qotgan.

Filning azoblanishi va qiyin taqdiri Tailand fillarining populyatsiyasiga yordam berish, saqlash, shuningdek, ushbu kamyob tur haqida aholi xabardorligini oshirish bilan shug‘ullanadigan Save Elephant Foundation vakillarini befarq qoldirmagan. Suk-Jay fond xodimlari tomonidan u tinch qarilik gashtini surishi mumkin bo‘lgan qo‘riqxonaga olib ketilgan.

Yuk tashish mashinasiga chiqarilganda fil qaltiragan, yo‘l bo‘yi xartumini ko‘tarib, uni qayerga olib ketishayotganini bilmoqchi bo‘lgan. Filni haydovchidan tashqari fondning ko‘ngilli vakillaridan biri kuzatib kelgan va qorni och bo‘lgani sabab yo‘lda to‘xtashga to‘g‘ri kelgan.

70 yildan ko‘p vaqt o‘tib, kaltaksiz, o‘z xohishiga qarab harakatlanishi mumkinligini bilgan Suk-Jay ko‘zlaridan yosh oqqan. Manzilga yetgan fil ko‘zlari ko‘rmasligiga qaramay, yuk mashinasidan tushishi bilan suv tomon harakatlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют