» » 2017—2019-yillarda kino sohasida 17 milliard so‘mlik mablag‘ noto‘g‘ri sarflangani ma’lum bo‘ldi

2017—2019-yillarda kino sohasida 17 milliard so‘mlik mablag‘ noto‘g‘ri sarflangani ma’lum bo‘ldi


“O‘zbekkino” Milliy agentligining xabar berishicha, Moliya vazirligi huzuridagi Nazorat taftish bosh boshqarmasi tekshiruviga ko‘ra sohada 17 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari noto‘g‘ri sarflangan. Hozirda ishni Bosh prokuratura o‘rganmoqda.

O‘z o‘rnida “O‘zbekkino” kino sohasida korrupsiya holatlarini cheklash bo‘yicha ishlaydigan Jamoatchilik kengashini tashkil etgan. Kengash korrupsiyaga qarshi kurash dasturini qabul qilganligi aytiladi.

“ ‘O‘zbekkino’ MA ajratilayotgan mablag‘larning yuqori budjetli murakkab kinofilmlarni yaratish uchun bir doiradagi kompaniyalar va rejissorlar o‘rtasida taqsimlanishi kabi uzoq yillar davom etgan zararli amaliyotga qarshi. Bunday yondashuv kinoijodkorlar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatga halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan endilikda aksariyat kinoloyihalarning ssenariy buyurtmalari ijodiy raqobat asosida tanlab olinadi” — deyiladi agentlik bayonotida.

Shuningdek, bayonotda ko‘plab ma’lumotlar bor. So‘nggi paytlar tarmoqda tarqalgan munozaralari mavzularga munosabat bildirilgan. Xususan ijodkorlar o‘rtasidagi ayrim norozilik va kelishmovchiliklar “Yangicha va eskicha yondashuvlar o‘rtasidagi kurash” deya atalgan.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют