» » Samarqand xalq ta’limi tizimida 6 milliarddan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi

Samarqand xalq ta’limi tizimida 6 milliarddan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi


Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tizimida 6 milliard 174 million so‘mlik ish haqi mablag‘lari o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Viloyatda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi o‘rganilganda XTBda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi natijasida 4 milliard 259 million so‘mlik mablag‘lar noto‘g‘ri sarflangani aniqlangan. Tovar moddiy boyliklarni balansga kirim qilinmay, mahsulotlar qimmat narxlarda sotib olinishi natijasida 906 million so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan prokuratura va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat organlariga kelib tushgan 8 ta to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borgan. Uchta hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar shaxslar doirasiga bo‘linganda jinoyat tarkibini bermagan yoki kam ahamiyatli bo‘lgan.

Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tekshiruv davomida aniqlangan zararlar to‘liq undirilgan holda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish va ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorlar qabul qilingan. To‘plangan hujjatlar ma’muriy sudlarga yuborilgan. Beshta tekshirish hujjatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Hisob palatasi mutaxassislari tomonidan aniqlangan 6 milliard 174 million so‘m zararning 3 milliard 386 million so‘mi tekshirish davomida o‘z tasdig‘ini topgan. 2 milliard 706 million so‘m undirilishi ta’minlangan. Undirilmagan 679 million so‘m yetkazilgan zarar bo‘yicha hozirgi kunda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют