» » Angliya terma jamoasi Islandiya va Daniyaga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

Angliya terma jamoasi Islandiya va Daniyaga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi


Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Meyson Grinvud, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden va “Lids” yarim himoyachisi Kelvin Fillips ilk bor chaqiruv oldi.

Shuningdek, terma jamoa yig‘iniga yaqinda Gretsiyada jinoiy javobgarlikka tortilgan Harri Maguayr ham jalb etilgan.

Angliya terma jamoasi Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasida 5-sentabr kuni Islandiya bilan o‘ynaydi, 8-sentabrda esa Daniyaga qarshi bahsga kirishadi.

Darvozabonlar: Din Henderson (“Manchester Yunayted”), Jordan Pikford (“Everton”), Nik Poup (“Byornli”).

Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), Erik Dayer (“Tottenhem”), Harri Maguayr (“Manchester Yunayted”), Jo Gomes (“Liverpul”), Maykl Kin (“Everton”), Tayron Mingz (“Aston Villa”), Kiran Trippyer (“Atletiko”), Kayl Uolker (“Manchester Siti”).

Yarim himoyachilar: Fil Foden (“Manchester Siti”), Meyson Maunt (“Chelsi”), Kelvin Fillips (“Lids”), Deklan Rays (“Vest Hem”), Harri Uinks (“Tottenhem ”), Jeyms Uord-Prouz (“Sauthempton”), Jeydon Sancho (“Borussiya” D).

Hujumchilar: Temmi Abraham (“Chelsi”), Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”), Denni Ingz (“Sauthempton”), Harri Keyn (“Tottenhem”), Markus Reshford (“Manchester Yunayted”), Rahim Sterling (“Manchester Siti”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют