» » Toshkent metrosining ba’zi bekatlaridagi o‘rindiqlar qayta ta’mirlanmoqda. Hozir ularning o‘rniga xiyobonlardagi o‘rindiqlar qo‘yilgan

Toshkent metrosining ba’zi bekatlaridagi o‘rindiqlar qayta ta’mirlanmoqda. Hozir ularning o‘rniga xiyobonlardagi o‘rindiqlar qo‘yilgan


Toshkent metropoliteni rahbariyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ba’zi bekatlardagi suyanchiqsiz o‘rindiqlar xiyobonlardagi suyanchiqli o‘rindiqlar bilan almashtirilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ta’kidlashicha, yangi o‘rindiqlarning kattaligi platformaning ko‘rinishini cheklab qo‘ymoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda metropoliten bekatlaridagi o‘rindiqlarni rejali ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari belgilangan jadval asosida karantindan oldingi davrda, yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatilmagan paytda boshlangan.

Qayta tiklash jarayoni maxsus ustaxonalarda olib borilishini hisobga olib, xiyobonlarga o‘rnatilgan o‘rindiqlar bilan vaqtincha almashtirish to‘g‘risida ichki qaror qabul qilingan. Mazkur o‘rindiqlarni “Paxtakor” va “Xalqlar do‘stligi” bekatlarida ko‘rish mumkin. Qayta ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng o‘rindiqlar o‘z joylariga qayta o‘rnatiladi.

Shuningdek, Toshkent metropoliteni ma’muriyati avvalgi o‘rindiqlar granit toshli bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni rad etgan.

“Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metro stansiyalardagi ‘yangilangan’ o‘rindiqlar to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatilib, xalqning salbiy muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat qayd etilgan va rasmda ko‘rsatilgan stansiyalardagi granit toshli o‘rindiqlar hozir ham, bundan oldin ham bo‘lmagan. Aksincha, yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun ishga tushirilgan paytdan boshlab keng yog‘och qoplamali o‘rindiqlar o‘rnatilgan”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, karantin davrida Toshkent metropolitenida ta’mirlash, qayta tiklash va boshqa qator bunyodkorlik tadbirlari bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 12-avgustdagi qarori bilan Toshkent metropoliteni 15-avgustdan o‘z ishini boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют