» » Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlandi


Toshkent shahrining Bektemir tumaniga Jahongir Ibrohimov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Jahongir Ibrohimov 1982-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 2006-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Jahongir Ibrohimov 2017—2020-yillarda Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari tuman faollari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida Prezident tuman rahbarlarining ish uslubini tanqid qilgan. Shundan so‘ng Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajonov hamda sektor rahbarlari o‘z lavozimlaridan ozod qilindi.

Avvalroq Sergeli tumaniga Elbek Shukurov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют