» » Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari lavozimga tayinlandi. Kuryazov Adilbek Jumaniyazovich viloyat hokimining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmatiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

Xorazm viloyati hokimining 2019-yil 21-fevraldagi 104q-sonli qarori bilan Kuryazov Adilbek Jumaniyazovich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi arxitektura qurilish bo‘limi loyiha bosh arxitektori lavozimida ishlab kelgan.

Adilbek Kuryazov 1969-yili Yangiariq tumanida tug‘ilgan, 2000-yilda Toshkent arxitektura qurilish institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida 1999-yilda “Tashgiprogor” loyiha instituti arxitektori, 2011-yilda “ToshuyjoyLITI” loyiha va ilmiy tadqiqot instituti bosh me’mori - boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, 2015-yilda “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi arxitektura-qurilish bo‘limi loyiha bosh arxitektori lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabrida prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifidan keyin Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Abdullayev Urganch shahriga hokim etib tayinlangandi. Shundan beri viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimi vakant qolayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют